Malayziyada motosiklda ketayotgan erkakni ilon bo`g`ib o`ldirdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
35 yoshli, ishsiz Zaim Xalis Kosnan (Zaim Khalis Kosnan) uyiga ketayotganda yo`lda katta bo`g`ma ilonni uchratdi. U ilonni olib ketib, sotish maqsadida uyiga qaytdi va qo`lqop, ilon tutuvchi moslamani olgancha, motosiklda ortiga qaytdi. U bu haqda singlisiga xabar berdi.
Kosnan ilonning boshidan ushlagancha motosiklga o`tirgan. Ilon qattiq qarshilik ko`rsatgan va tanasi bilan erkakning bo`ynidan bo`g`gan. Oqibatda u halok bo`lgan. Mahalliy aholi Kosnanni uch yarim metrlik ilonning domidan ozod qilish uchun uni o`ldirishdi.
Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, ilon bo`g`gandan keyin erkak motosikldan yiqilgan. Ilon esa Kosnanni battaroq bo`g`gan.






