Qish oylarida aholi tomonidan o`tin sifatida qayta tiklanishi qiyin bo`lgan saksovulni kesish holatlari tez-tez uchrayotgani achinarli hol.
Joriy yil 13-18 yanvar kunlari tegishli organlar tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumanida o`tkazilgan reyd davomida saksovulni o`tin sifatida ishlatish maqsadida kesib olib ketayotgan 15 fuqaro qo`lga olindi. Ular jami 133 kubometr miqdordagi saksovulni avtotransport vositalarida olib ketayotgan edi.
– Ushbu shaxslarga jami 2 million 411 ming 360 so`m jarima solindi, – deydi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha tezkor guruhi bosh mutaxassisi F.Aytbaev.






