AsosiyDunyo

Yo`l azobidan qiynalgan eronlik ayollar o`zlari yo`l qurishdi

'Yo`l azobidan qiynalgan eronlik ayollar o`zlari yo`l qurishdi'ning rasmi

Eronlik ayollar mamlakat g`arbidagi Chaharmahal va Bakhtiari viloyati hududida besh kilometrlik yo`lni o`zlari bunyod etishdi, deb xabar qildi lenta.ru nashri.

Mamlakatimizda o`zpro uzilib qolgan aholi punktlari juda ko`p. Shuning uchun ham bemor va homilador ayollar shifokorlarga murojaat qila olmaydi.

Goli Sorhga eltuvchi yo`lni barpo etish g`oyasi tug`ilgan ayollar, u erga qutqaruvchilar kabi otlanishdi.

“Biz qishloq bilan aloqa yomonligi tufayli bu ishni bajarishga qaror qildik. Biroq, erkaklar norozi bo`lib, ayollar buni eplay olmasliklarini aytishdi. Biz esa qo`limizdan ko`p ish kelishini isbotladik, "- dedi qurilish ishlarida haydovchilik qilgan ayollardan biri.

Mintaqaviy transport boshqarmasining ta`kidlashicha, ayollarning yo`lni qurishi mamlakatdagi ilk voqeadir. Shuning uchun ayollarning mazkur mehnati buyuk ish deb qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar