AsosiyJamiyat

Haydovchi telefonga chalg`iganligi oqibatida ikki yo`lovchi vafot etdi

'Haydovchi telefonga chalg`iganligi oqibatida ikki yo`lovchi vafot etdi'ning rasmi

28 yanvar kuni soat 20:00da “Nexia” avtomashinasi “GAZ 5327” rusumidagi yuk tashuvchi avtomashinaga borib urildi va YTH natijasida ikki yo`lovchi vafot etdi.

Ichki ishlar vazirligi Tergov departamentining xabariga ko`ra, voqea Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Chorjo`y hududidan o`tuvchi M-37 yo`lining 9-kilometrida sodir bo`lgan.

1989 yilda tug`ilgan “Nexia” avtomashinasining haydovchisi, o`zining qo`l telefonini zaryadga qo`ymoqchi bo`lgani sababli chalg`iydi hamda buning natijasida u boshqaruvni yo`qotib, yuk mashinasiga borib urildi.

YTH natijasida 4 ta yo`lovchi jarohat oldi hamda 2 nafar yo`lovchi Samarqanddagi shifoxonada vafot etdi.

Bu holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Tergov boshqarmasi, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atdi.

    Boshqa yangiliklar