Yaqin istiqbolda O`zbekistonda yana 303 ta yangi avtobus yo`nalishi joriy etiladi. Ularning 240 tasi qishloq joylariga mo`ljallangan, deb yozadi «Xalq so`zi». 2000 yilda respublika bo`yicha 2032 ta yo`nalishda aholiga xizmat ko`rsatilgan bo`lsa, endilikda bu ko`rsatkich 4375 taga etdi.
Qolaversa, avtobuslarda onlayn GPS tizimi orqali masofadan kuzatish tizimi joriy etilayapti. Respublika avtomobil va daryo transporti agentligi ma`lumotlariga ko`ra, ayni paytda mamlakatning turli shaharlarida avtobus va mikroavtobuslarga shunday qurilmalar o`rnatilib, sinovdan o`tkazilmoqda.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib jamoat transportida yo`l haqini naqd pulsiz to`lash tizimi amalga kiritilmoqda. Respublikaning barcha shaharlarida bosqichma-bosqich joriy etiladigan bu jarayonga mo`ljallangan qurilmalar Xitoyning Yiwu Angnu Trading Company kompaniyasi tomonidan etkazib beriladi.






