AsosiyDunyo

Rossiya paxta etishtirishni rejalashtirdi

'Rossiya paxta etishtirishni rejalashtirdi'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi vazirligining O`simliklar ishlab chiqarish, mexanizasiyalash, kimyoviy moddalar va o`simliklarni himoya qilish boshqarmasi boshlig`i Petr Chekmarev Rossiya paxta ishlab chiqarishni boshlaganligi haqida ma`lumot berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.

"Biz paxta etishtirish bo`yicha ish boshladik, paxta biz uchun yangi ekindir. Bugungi kunda barcha texnologiya masalalari ko`rib chiqilgan, bu yil Astraxan va Volgogradda taxminan ming gektar erga paxta ekish rejalashtirilgan ", - dedi Chekmarev.

Shuningdek, Rossiya paxta etishtirish uchun mumkin bo`lgan 200 ming gektar maydonga ega ekanligini ta`kidladi.

Direktor uch yildan keyin Rossiya O`zbekistondan paxta olmasligini qo`shimcha qildi.

    Boshqa yangiliklar