AQShning Kaliforniya shtatidagi Nyuport-Bich shahridagi turar joy binosi ustiga vertolyot quladi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Halokat oqibatida uch kishi halok bo`ldi, ikki kishi yaralandi. Ulardan 4 nafari vertolyot bortida, bir kishi esa voqea yuz bergan joyda bo`lgan. Hozircha ularning qaysi biri tirik qolganligi noma`lum. Ikki kishi travmatologiya markaziga etkazilgan. Ayni paytda voqeaga oydinlik kiritilmoqda.
Nashrning xabar berishicha, vertolyot 2003 yilda Robinson Helicopter Co kompaniyasi tomonidan yasalgan. U dunyodagi fuqarolik vertolyotlarining eng mashhuri hisoblanadi. Engil va arzon vertolyotlardan asosan parvoz qilishni o`rgatuvchi maktablar, polisiya bo`linmalari, ekskursiya kompaniyalari, fermerlar va havaskor uchuvchilar foydalanishadi.






