O`zA muxbiri Rossiya milliy teleradioeshittirishlar uyushmasi prezidenti, Teleeshittirishlar, elektron ommaviy axborot vositalari va internet texnologiyalarini rivojlantirish fondi rahbari, Rossiya televidenie akademiyasi a`zosi, taniqli telejurnalist Eduard Mixaylovich Sagalaev bilan suhbatlashdi. U O`zbekiston haqida quyidagilarni so`zlab berdi:
– Moskvada biz kabi O`zbekistondan kelganlar oz emas. Teatrda, ko`rgazmada ishtirok etganimizda uchrashib qolsak, albatta «Qanday yangiliklar» deya so`raymiz. O`zbekistondan kelgan xushxabarlardan quvonamiz. Bunday quvonchli xabarlar keyingi vaqtda juda ko`paydi. Har kuni qandaydir yangilik yuz bermoqda. Ular oddiy emas, balki keng doiralarda e`tirof etilmoqda. Misol uchun, O`zbekiston Prezidentining BMTda, Ostonadagi Butunjahon ko`rgazmasidagi nutqi, Turkmaniston, Qozog`iston, Qirg`iziston davlatlariga tashrifi. Har kuni – yangi qaror, yangi farmon va echim.Bir qarasang, investisiyalar bo`yicha yangi vazirlik tashkil etiladi, yana bir ozdan so`ng maktabgacha ta`lim vazirligi ochiladi. Ayniqsa, aholi turmush darajasini yaxshilash, xususan, pensionerlar, talabalar va davlat xizmatchilarining ish haqi miqdorini oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar mamnuniyat bag`ishlaydi. Prezident ilgari surayotgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan g`oya hamma tomonda olqishlanmoqda. Bu ajoyib shior, lo`nda va adolatli. Qani endi biror bir byurokrat yoki mansabdor shaxs buning aksini qilib ko`rsin-chi...






