AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvida yangi tayinlov

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adxam Rustamovich Islamov O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining o`rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Adham Islamov bungacha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan.

Yangi o`rinbosar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti, Tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti, Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyalashtirish borasida tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.

Uning zimmasiga Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi va Davlat asillik darajasini belgilash palatasi ishini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.

    Boshqa yangiliklar