Sayyoramizning eng keksa erkak kishisi, ispaniyalik Fransisko Nunes 113 yoshida olamdan o`tdi, deb xabar berdi “TASS” axborot agentligi.
U mamlakatning Benvenida tumanida o`z uyida hayotdan ko`z yumgan.
Fransisko Nunes Olivera 1904 yil 13 dekabrda tug`ilgan. 1925 yilda harbiy xizmatga qabul qilinib, Ispaniya-Fransiya-Marokash va fuqarolik urushlarida ishtirok etgan. Shundan so`ng o`zi tug`ilib o`sgan joy qaytib, dehqonchilik bilan shug`ullangan. Fransisko Nunes 1988 yilda turmush o`rtog`idan ayrilgan. U to`rt farzandning otasi, to`qqiz nevara va 15 evaraning bobosi edi.






