Rossiyalik dietologlar ilk marotaba Alla Pugachyovaning ozish sabablari sirini ochishdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Ular mashhur yulduz oshqozon rezeksiyasi operasiyasini boshdan o`tkazganligini ma`lum qilishdi. Mazkur operasiyada oshqozonning ma`lum bir qismi kesib tashlanadi. Dietolog Krivsovaning aytishicha, bu xavfli jarayon Alla Pugachyovaning ozishiga sabab bo`lgan.
Oshqozon rezeksiyasi o`smalar o`sganda, oshqozon yarasida va semirishning og`ir formasida amalga oshiriladi. Alla Pugachyovaning yurak-qon tomir kasalligiga chalinganligi tufayli bunday operasiya jiddiy asoratlar qoldirishi mumkin.
Naq 30 kilogrammga ozgan Alla Pugachyova garderobini to`liq o`zgartirdi. Undan bunday muvaffaqiyatga qanday erishganligi so`ralganda “Hech kimdan yashiradign sirim yo`q. Hayotni, odamlarni seving! Shunda hammasi joyida bo`ladi!” deb javob berdi.






