AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xorijiy diplomlarni nostrifikasiya qilish jarayoni osonlashtirildi

'O`zbekistonda xorijiy diplomlarni nostrifikasiya qilish jarayoni osonlashtirildi'ning rasmi

O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xorijiy diplomlarni nostrifikasiya qilish bo`yicha interaktiv xizmat joriy etildi, deb xabar qildi ushbu davlat inspeksiya matbuot xizmati.

Endilikda xorijiy oliy ta`lim muassasasi bitirganlik to`g`risida diplomni nostrifikasiya qilish uchun buyurtmani onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Shundan so`ng, davlat inspeksiyasiga bir marta suhbat yoki imtihon topshirish uchun kelish zarur.

Kelgusida idora nostrifikasiya imtixonlarni viloyatlarda o`tkazishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar