AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`tgan hafta 128 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan

'O`zbekistonda o`tgan hafta 128 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan'ning rasmi

Ushbu hodisalarda 129 fuqaro tan jarohati olgan. Shuningdek, hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 91 ming 424 ta qoidabuzarliklar aniqlangan.

Jumladan, 1 ming 817 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 14 ming 787 haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzgan, 1 ming 236 holatda svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasiga amal qilinmagan.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko`rilganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar