AsosiyDunyo

Kaliforniyada samolyot avtomobil trassasiga qo`ndi

'Kaliforniyada samolyot avtomobil trassasiga qo`ndi'ning rasmi

Engil motorli samolyot AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Kosta-Mesa shahridagi avtomobil trassasiga shoshilinch qo`nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, avtomagistralda harakatlanayotgan avtomobil haydovchilarining qo`rqqani hisobga olmaganda, samolyot bortidagilar jabrlanmagan.

Orinj okrugidagi Jon Ueyn nomli aeroportdan yo`lga chiqqan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli shoshilinch qo`nishni amalga oshirgan. Fuqarolik avivasiyasining federal boshqaruvi mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar