AsosiyDunyo

Anastasiadis va Malas Kipr prezidentligi saylovining ikkinchi turida kurashni davom ettiradi

'Anastasiadis va Malas Kipr prezidentligi saylovining ikkinchi turida kurashni davom ettiradi'ning rasmi

Kiprda prezidentlik saylovi natijalari ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Mamlakatning amaldagi rahbari Nikos Anastasiadis 35,5 % ovozga ega bo`ldi. Kipr ishchi xalqining progressiv partiyasi nomzodi Stavros Malas esa 30,25 % ovoz to`pladi.

Nomzodlar 50 foizli barerga etolmaganliklari tufayli kelayotgan yakshanba kuni prezidentlik lavozimi uchun ikkinchi turda qayta kuch sinashadi.

Kiprliklar bo`lg`usi prezidentdan turklar va greklar bo`lib olgan orolni birlashtirish, moliyaviy inqirozdan keyin iqtisodiyotni rivojlantirish kabi masalalarni hal etishni kutishmoqda.

    Boshqa yangiliklar