AsosiyDunyo

Rossiya doping tekshiruvlar o`tkazmaslikda ayblandi

'Rossiya doping tekshiruvlar o`tkazmaslikda ayblandi'ning rasmi

Fransiyalik sobiq figurali uchish ustasi Natali Peshala Rossiyaning antidoping tizimini tanqid qildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

“Antidoping tizimi turli mamlakatlar uchun bir xil emas. Rossiyada uch yil mashq qilgan bo`lsam, biror marotaba dopingga tekshirilmadim. Qaysi mamlakatga bormay, albatta doping tekshiruvidan o`tdim, biroq Rossiyada hech kim meni tekshirmadi. Bu narsa nafaqat menga, balki sherigim Fabyan Burzu va Rossiyada bo`lgan boshqa mashhur sportchilarga ham tegishlidir”, dedi Natali Peshala.

34 yoshli Peshala o`z karerasiga 2014 yilda Sochi olimpiadasidan keyin yakun yasadi. U jahon chempionatida ikki marotaba bronza medalni qo`lga kiritgan.

    Boshqa yangiliklar