AsosiyJamiyat

Poezdga oldindan chipta xarid qilganlarga chegirma beriladi

'Poezdga oldindan chipta xarid qilganlarga chegirma beriladi'ning rasmi

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ joriy yilning yanvar oyidan boshlab yo`lovchilar uchun qo`shimcha imtiyozlar berilishini e`lon qildi.

Endi xalqaro yo`nalishlarda qatnaydigan yo`lovchi poezdlariga chiptalarni oldindan xarid qilish muddatiga qarab chegirmalar taqdim etiladi.

Yo`lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani:

• poezdning jo`nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilsa - 45%;
• poezdning jo`nash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilsa - 35% chegirmaga ega bo`ladi.

Plaskart vagonlar uchun chiptani 45-31 kun oldin xarid qilganlarga 35% chegirma beriladi.

Bundan tashqari, chiptani poezdning jo`nash kunidan 5 kun oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilgan yo`lovchilar uchun chipta narxiga 5% ustama qo`shiladi.

Mazkur chegirmalar ichki yo`nalishlar, shuningdek, guruh bo`lib yo`lga chiqqan yo`lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar