AsosiyJamiyat

Deputat murojaati zudlik bilan ko`rib chiqildi

'Deputat murojaati zudlik bilan ko`rib chiqildi'ning rasmi

Jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada erkinlashtirish va isloh qilish jarayonlari kabi o`ta muhim jarayonlarda, hech shubhasiz, siyosiy partiyalarning vakillari, deputat va senatorlarning o`rni va mas`uliyati beqiyos.

Har bir deputat xalq dardu tashvishi bilan yashasa, o`z vakolatiga vijdonan va ma`suliyat bilan yondoshsa, natija samarali bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida, odamlarning deputatlarga bo`lgan ishonchini mustahkamlashga hizmat qiladi.

2017 yilning 24 dekabr kuni Toshkent shahar tuman Kengashlariga deputatlik saylovining o`ta qizg`in kurashlar ruhida bo`lib o`tgani, barcha partiyalarning unga jiddiy yondoshgani, nomzodlarning siyosiy-huquqiy tayorgarligi hamda fuqarolarning siyosiy faolligi oshganidan dalolat berdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O`zbekiston Ekologik harakati vakillari ishtirokidagi videoselektor yig`ilishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati har tomonlama tahlil etilgandi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo`lishi kerak ekanligi, mahalliy Kengash deputatlari siyosiy partiyalar bilan tizimli ishlashni yo`lga qo`ygan taqdirdagina samarali natijalarga erishish mumkinligi, ijro xokimiyatidagilarni deputatlik so`rovi va murojaatlarini “xalq murojaati” deya qabul qilinishi, “Deputatga bepisandlik xalqqa bepisandlik” deya baholanishi alohida qayd etilgan edi.

Bugun zamonning o`zi barchamizdan, ayniqsa, siyosiy partiyalarning vakillari, deputatlardan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo`lishni, boshqalarga namuna bo`lishni talab etmoqda.

O`zbekiston “Adolat” SDP Sergeli tuman Kengashi tomonidan ko`rsatilgan nomzod Mirlaziz Saidov saylovoldi tashviqot davrida partiya faollari qatorida Toshkent shahar Kengashi deputati bilan birgalikda “Adolat- qonun ustuvorligi garovi!” shiori ostidagi loyiha doirasida 29-Chortoq saylov okrugi hududdagi “Daryo bo`yi” mahallasida uyma-uy yurib, aholini qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi.

7-Obirahmat saylov okrugidan nomzodi ko`rsatilgan Ravshan Gulamov tomonidan esa “Qumariq” mahallasida o`tkazilgan uchrashuvlar chog`ida aholining sharoiti o`rganildi hamda ko`pgina muammolar o`z echimini kutayotganiniga guvoh bo`lindi. Muammolar echimi “Adolat” SDP Sergeli tuman Kengashida, so`ngra “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashida muhokama qilindi hamda Toshkent shahar Kengashi deputati nomidan Sergeli tuman xokimligiga deputatlik murojaati yuborildi. Ushbu murojaat natijasi o`laroq hududda o`z echimini kutayotgan bir qator muammolarning ijobiy hal bo`lishiga erishildi. Bu bilan nafaqat aholining ehtiyojlari qondirildi, balki deputat murojaatiga ijro xokimiyatining tezkorlik bilan ijobiy yondoshilganiga guvoh bo`ldik.

Bu yo`nalishda amalga oshirilgan ishlarda eng asosiysi xalqning mamnunligi va minnatdorligi, kelgusida ham aynan ularni qiynayotgan masalalarni hal qilish uchun Toshkent shahar Kengashi, tuman Kengashlari deputatalari hamda siyosiy partiyalar bir yoqadan bosh chiqargan holda tizimli ishlarni yo`lga qo`ysa, juda ko`p natijalarga erishish mumkin.

Bugun oldimizda turgan muhim vazifa o`z elektoratimizga bergan va`dalarni, saylovoldi dasturlarini to`la va samarali bajarishdan iborat. Zero, busiz deputat mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida, fuqarolar ongida o`z mustahkam o`rnini egallashi imkonsiz.

Shunday ekan, bizga ishonch bildirgan xalqimiz oldida zimmamizga olgan vazifalarni bajarishni ustuvor maqsad sifatida ko`rishni burchimiz deb bilmog`imiz shart.

Prezidentimiz ta`kidlaganiday, biz qaysi partiyaga mansub bo`lishimizdan qat`i nazar, shu yurt farzandi, shu yurt fuqarosi sifatida Vatan taraqqiyoti, mamlakatimiz tinchligi va xalq farovonligi yo`lida birlashib, sidqidildan xizmat qilishimiz lozim.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati

Farxod ABDULLAEV

    Boshqa yangiliklar