AsosiySport

Osiyo chempionlari munosib kutib olindi (video)

'Osiyo chempionlari munosib kutib olindi (video)'ning rasmi

Xitoyda bo`lib 23 yoshgacha futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionatida g`alaba qozongan O`zbekiston U-23 terma jamoasi kecha yarim tunda Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda kutib olindi, deb yozadi Tribuna.uz.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasini kutib olish uchun hukumat vakillari, jumladan Bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent shahar hokimi va bir qator mutasaddilar, keng jamoatchilik muxlislar va jurnalistlar kutib oldi. Jamoaning barcha a`zolari va murabbiylar shtabiga jami bo`lib 26 Chevrolet Malibu avtomobillari Prezident sovg`asi sifatida topshirildi.

Quyida Osiyo chempionlarini kutib olish, chempionlik paradi, intervyular va boshqa qiziqarli tadbirlarni ichiga olgan videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar