AsosiyJamiyat

2018 yilda O`zbekistonda 7,4 ming gektar maydonda intensiv bog` yaratiladi

'2018 yilda O`zbekistonda 7,4 ming gektar maydonda intensiv bog` yaratiladi'ning rasmi

2018 yilda O`zbekistonda 21 ming 600 dan ziyod fermer xo`jaligida qariyb 23 mingta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi xabariga ko`ra, loyihalar doirasida 7,4 ming gektar maydonda intensiv bog`, 4,3 ming gektar maydonda yangi tokzor, 844 gektar issiqxonalar barpo etiladi.

520 ta meva-sabzavot, sut va go`sht, 785 ta non va non mahsulotlari va boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, 3,9 mingta qoramolchilik va parrandachilik, 2,3 mingta baliqchilik va asalarichilik, 2,1 mingta qo`ychilik, echkichilik, quyonchilik, 170 ta yilqichilik va kurkachilik hamda 8 mingta servis xizmati bo`yicha loyihalar amalga oshirilishi mo`ljallanmoqda.

2017 yilda 75 mingdan ziyod fermer xo`jaligida zamonaviy texnologiyalar yordamida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish o`zlashtirildi. Samarqand, Andijon, Farg`ona, Toshkent va Namangan viloyatlarida mavjud fermer xo`jaliklarining 45-50 foizdan ortig`i ko`p tarmoqlilikka ixtisoslashdi.

    Boshqa yangiliklar