Tez tibbiy yordam xizmatchilari sovuq urgan 12 kishini Qirg`iziston poytaxti kasalxonalariga etkazdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Sinoptiklar bergan ma`lumotga ko`ra, 29 yanvar tunida Bishkekda havo harorati 25 daraja sovuqqacha tushib ketgan. Tog`li hududlarda esa 40-45 daraja sovuq bo`lgan.
Anomal harorat sabab 26 yanvarda Bishkekdagi yagona issiqlik quvvati markazida avariya sodir bo`lgan. Oqibatda isitish quvurlaridagi suvning harorati minimal darajaga tushib ketdi. Poytaxt maktablarida o`quv mashg`ulotlari to`xtatilgan. Qahratondan avtomobillardagi yonilg`igacha muzlab qolmoqda.
Ayni vaqda favqulodda vaziyatlar bo`limlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda. Bishkekning eng gavjum joylarida isinib olishga mo`ljalangan vaqtinchalik punktlar tashkil qilingan. Ularda issiq ovqat, qaynoq ichimlik va tunash uchun joylar bor. Olingan ma`lumotga ko`ra, o`tgan tunning o`zida bu punktlarga 800 dan ziyod odam murojaat qilgan.






