Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoyda o`tkazilgan Osiyo chempionati g`oliblari - O`zbekiston U23 terma jamoasi a`zolarini kutib olindi.
Shundan so`ng chempionlar poytaxtning markaziy ko`chalaridan bayramona yurish bilan o`tib, «O`zbekiston» mehmonxonasiga borishdi. Avtobuslarga bayroqlar bilan bezatilgan avtomobillar karvoni hamrohlik qildi.


Mehmonxona hovlisida chempionlarni rasmiy taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda bosh vazir Abdulla Aripov Prezident tabrigini o`qib eshittirdi. So`ngra futbolchilarning har biriga prezident sovg`alari - Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar taqdim etildi.

O`zbekiston U23 terma jamoasi 27 yanvar kuni Xitoy mezbonligida o`tgan Osiyo chempionati finalida Vetnam terma jamoasini qo`shimcha vaqtda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mag`lub etib, Osiyo chempioni bo`ldi.






