AsosiySport

Chempionlar Toshkent ko`chalarini aylanishdi (foto)

'Chempionlar Toshkent ko`chalarini aylanishdi (foto)'ning rasmi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoyda o`tkazilgan Osiyo chempionati g`oliblari - O`zbekiston U23 terma jamoasi a`zolarini kutib olindi. Bu haqda Tribuna.uz nashri ma`lum qildi.

Xitoydan charter reys orqali uchib kelgan futbolchilar aeroportdagi kutib olish marosimidan keyin ikki qavatli avtobuslarga chiqishdi va poytaxtning markaziy ko`chalaridan bayramona yurish bilan o`tib, «O`zbekiston» mehmonxonasiga borishdi. Avtobuslarga bayroqlar bilan bezatilgan avtomobillar karvoni hamrohlik qildi.

O`zbekiston U23 terma jamoasi 27 yanvar kuni Xitoy mezbonligida o`tgan Osiyo chempionati finalida Vetnam terma jamoasini qo`shimcha vaqtda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mag`lub etib, Osiyo chempioni bo`ldi.

Boshqa yangiliklar