AsosiySport

Chempionlar kutib olindi

'Chempionlar kutib olindi'ning rasmi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoyda o`tkazilgan Osiyo chempionati g`oliblari - O`zbekiston U23 terma jamoasi a`zolarini kutib olindi, deya xabar qildi Tribuna.uz nashri.

Osiyo chempionati qahramonlarini kutib olish uchun futbol muxlislari, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog`idagi san`atkorlar, jurnalistlar va yoshlardan iborat yuzlab kishilar aeroportda jam bo`lishdi.

O`zbekiston U23 terma jamoasi 27 yanvar kuni Xitoy mezbonligida o`tgan Osiyo chempionati finalida Vetnam terma jamoasini qo`shimcha vaqtda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mag`lub etib, Osiyo chempioni bo`ldi.

Turnirni Qatardan qabul qilib olingan mag`lubiyat bilan boshlagan Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa guruhning keyingi o`yinlarida Xitoy va Ummon termalari ustidan 1:0 hisoblarida g`alaba qozonib, guruhdan chiqqandi. O`yindan-o`yinga kuchaygan O`zbekiston termasi pley-off bosqichida turnir favoritlari sanalgan Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalarini 4:0 va 4:1 hisoblarida engib, finalga chiqqandi.

    Boshqa yangiliklar