“Vunderkind” nomli mazkur bog`chada ingliz tili va kompyuter bilimlari chuqur o`rgatiladi. Uch qavatli binoda kichkintoylarning intellektual, ma`naviy-estetik va jismoniy salohiyatini o`stirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentimiz mazkur bog`cha misolida Shahrisabz shahrida yana 25 ta nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi barpo etish, bog`cha mudirasi Shahnoza Xolmahmatovaga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobil sovg`a qilish bo`yicha topshiriq berdi.
Bunday muassasalarni qurishdan asosiy maqsad farzandlarimizning maktabga tayyor bo`lib chiqishini ta`minlashdir, dedi davlatimiz rahbari.
Shu erda Qashqadaryo viloyatida xususiy sheriklik asosida hamda davlat tomonidan quriladigan maktabgacha ta`lim muassasalari dasturi taqdimoti ham o`tkazildi.






