AsosiySport

Ramatov: «Shavkat Mirziyoev yo futbolni ko`taraman yoki butunlay yo`q qilaman degan»

'Ramatov: «Shavkat Mirziyoev yo futbolni ko`taraman yoki butunlay yo`q qilaman degan»   'ning rasmi

O`FA yangi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasi vaqtida O`zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun qilinishi lozim bo`lgan ishlarga to`xtalib, Prezident Shavkat Mirziyoevning futbolga berayotgan e`tibori haqida ham gapirdi.

«Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev juda ham qattiq topshiriqlar bergan. Ular yo futbolni ko`taraman, yoki butunlay yo`q qilaman degan.

Prezident qabulxonasiga kelayotgan murojaatlarning aksariyatida ham muxlislar talab qilishmoqda. Nega bizda futbol rivojlanmayapti? Nega bizda hammasi «o`yin»? Nega hakamlarimiz har xil qing`ir o`yinlar qiladi? Bunga qaraydigan bir, futbolning egasi bormi, degan gaplarni odamlar yozyapti. Bularning barchasi yig`ilib-yig`ilib tomchi bo`lib dengiz bo`ladi.

Muxlislar ham O`zbekiston terma jamoasini JChga chiqishini ko`rishni istaydi. Ammo u qildik, bu qildik, hech narsani eplay olmadik. JCh-2018ga ham chiqa olmadik», deya Ramatovning so`zlaridan iqtibos keltiradi Tribuna.UZ muxbiri.

    Boshqa yangiliklar