Xitoy, Kanada va Avstriya olimlarining Xukong vodiysi (Shimoliy Myanma, Kachin shtati) ekspedisiyasi chog`ida topilgan qadimiy jonzot ostrakod bo`lib, uning qoldig`i qahrabo toshida saqlanib qolgan, deb xabar qildi TASS.
Ostrakod – qisqichbaqasimonlar oilasiga mansub bo`lib, chig`anoqlilar sinfiga kiradi. Dengiz jonzoti bo`r davrida, bundan 145-66 million yillar oldin yashagan.
Xitoy geologiya instituti professori Sin Lidaning so`zlariga ko`ra, topilmaning noyobligi shundaki, bunday dengiz jonzotlari fanda juda kam o`rganilgan. Uning o`lchami ham g`aroyib. Odatda ostrakodlar tanasi uzunligi 2 millimetrdan oshmagan, ammo buniki 12,9 millimetrdir. Okean tubida yashagan ostrakodning ichiga smola tushib qolgani ham o`ta kamyob hodisa.
Paleontologlar fikricha noyob topilma hududlarning qadimiy ekologiyasi va ostrakodlar evolyusiyasini o`rganishga yordam beradi.






