AsosiyDunyo

Jaloloboddagi hujumda ikki kishi halok bo`ldi

'Jaloloboddagi hujumda ikki kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Afg`onistonning Nangaxar provinsiyasi gubernatori vakili Jalolobodda Save the Children (Bolalarni asrang) tashkiloti idorasiga uyushtirilgan hujum oqibatida ikki kishi qurbon bo`lgani va 12 kishi jabrlangani haqida xabar berdi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Avvalroq, 11 kishi jabrlangani va hujumdan so`ng darhol shifoxonaga olib ketilgani haqida xabar tarqalgan edi.

Bugun ertalab terrorchi-xudkush bino darvozasi oldida portlovchi moslamani harakatga keltirgan, shundan so`ng qurollangan shaxslar guruhi tashkilot hududiga kirgan. Xavfsizlik kuchlari va hujumchilar o`rtasidagi qarama-qarshilik besh soatdan beri davom etmoqda, vaziyatni nazoratga olishning imkoni bo`lmayapti. Hujum qilganlar harbiy libosda bo`lgani haqida xabar berildi. Ularning aniq soni hozircha noma`lum.

Ma`lumotlarga ko`ra, xavfsizlik kuchlari xodimi va tinch aholi vakili halok bo`lgan.

Save the Children xalqaro notijorat tashkiloti bolalar huquqlarini himoya qilish bilan shug`ullanadi. Uning shtab-kvartirasi London shahrida joylashgan.

    Boshqa yangiliklar