30 yanvardan Samarqand shahrida “Vokzal - Siyob bozori” yo`nalishi bo`yicha 2-tramvay liniyasi rasman ishga tushadi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Yangi yo`nalish bo`yicha sinov safari 25 yanvarda o`tkaziladi. Etkazib kelingan travmaylar ayni vaqtda ekspluatasiyaga tayyorlanmoqda. Bekatlar ham shay qilib qo`yilgan.
“Vokzal-Siyob bozori” yo`nalishi 5 kilometrdan iborat bo`lib, 18 ta bekatni o`z ichiga olgan. Har qatnov oralig`i 7 minut. Yo`lovchi bu yo`nalishda shahar vokzalidan Siyob bozoriga 20 daqiqada etib olishi mumkin.
Ma`lumot uchun: Kelgusida Samarqand shahrida 3-tramvay liniyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. 23,2 kilometr uzunlikdagi bu liniya shaharning Buyuk ipak yo`li ko`chasidan Kimyogarlar shaharchasiga qadar harakatlanadi.






