Sankt-Peterburgdagi kollejning talabalar turar-joyidan 20 yildan beri o`zini talabaman deb mug`ombirlik qilayotgan ayolni chiqarib yuborishdi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Ayolning alohida yashash joyi bo`lishiga qaramay u talabalar turar-joyini bo`shatishdan bosh tortgan. O`zining aytishicha, u talabalar turar-joyining shart-sharoiti yaxshiligi uchun talabalar turar-joyini tark etishni istamagan. Nozirlar majburiy ko`chirib yuborish bilan po`pisa qilishgandan so`nggina ayol talabalar turar-joyini bo`shatgan.






