Peterburg polisiyasi xodimasi YouTubeda mast holatdagi kadrlari e`lon qilingach, ishdan bo`shatildi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Rahbariyatning fikriga ko`ra, katta serjant o`zining qiliqlari bilan ichki ishlar organlari nufuziga putur etkazgan. Polisiya xodimasi Valeriya Belova mast holatda guvohnomasini pesh qilayotgan video o`tgan yilning 31 oktyabr sanasida YouTubega qo`yilgan edi. Ko`p vaqt o`tmay ushbu video yuz ming martadan ko`proq ko`rilgan. Bir daqiqali rolikda polisiya xodimasi arang oyoqda turib restoran ma`muriyatiga “jasorat”ini ko`rsatib qo`yishi namoyish etilgan.
Mazkur maqola Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatlari IIVda xizmat tekshiruvi o`tkazilishiga sabab bo`ldi. Natijada Belovaning hamkasblari shirakayf serjant zaruratsiz ravishda xizmat guvohnoma vakolatidan shaxsiy manfaati yo`lida foydalangan. Ushbu video tasvirga olingan sanada Belova farzand parvarishi ta`tilida bo`lgan.
Xizmat tekshiruvi natijasida ichki ishlar nufuziga dog` tushiruvchi nomunosib xulq-atvori uchun Belova o`z xizmat vazifasidan ozod etildi. U mazkur sohada to`rt yildan ortiq xizmat qilgan.






