AsosiyDunyo

Ikki oyoqli buzoqcha odamga o`xshab yurishni o`rgandi

Indoneziyada ikki iyoq bilan tug`ilgan buzoqcha odamga o`xshab yurishni o`rgandi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Ijtimoiy tarmoqlarda buzoqchaning odam kabi ikki oyoqda qishloqni aylanib yurgani aks etgan video paydo bo`ldi. Kadrda buzoqchaning yiqilib ketmasligi uchun ortidan kuzatib kelayotgan odamni ko`rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining buzoqchaga rahmi keldi. Ularning ba`zilari bunday qiynalgandan ko`ra jonivorni otib tashlashni aytishgan bo`lsa, ba`zilari unga protez oyoq yasashni taklif qilishgan.

    Boshqa yangiliklar