Rossiyalik aktrisa Natalya Seleznyova sog`ligidagi muammolar haqida gapirdi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.
“Men qattiq kasal bo`ldim va uzoq davolandim. Yaqinda qalqinsimon bezimni operasiya qildirdim. Operasiya vaqtida shifokorlar boshimni tanamdan judo qilishib, keyin yana qayta tikib qo`yishdi”, dedi Natalya Seleznyova.
Uning ma`lum qilishicha, operasiyadan keyin butkul ovozini yo`qotgan. Labda chalinadigan garmoshka mashqlari tufayli sekin-asta gapira boshlagan.
Natalya Seleznyova “I" operasiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari”, “Ivan Vasilevich o`z kasbini o`zgartiradi” va bir qancha boshqa filmlarda suratga tushgan.






