Buxoro shahri Ibrohim Mo`minov ko`chasining 460 metr masofadagi avtomobil qatnov qismida ayni kunlarda ta`mirlash ishlari olib borilmoqda, deya xabar qildi O`zA.
Mazkur yo`lning ta`mirlash ishlariga Romitan tuman yo`l xo`jaligi korxonasining 60 nafar mutaxassis, texnik-mexanizatorlari jalb etilgan. Yo`nalishda avtomobillar tirbandligining oldini olish maqsadida yo`l 30 metrga kengaytirilishi ko`zda tutilgan.










