BAA da to`xtash mumkin bo`lmagan serqatnov yo`llarda namoz o`qish uchun to`xtaydigan haydovchilarga ming dirham (272 dollar) jarima solinadigan bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Mahalliy hukumatning ma`lum qilishicha, bunday to`xtashlar yo`l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit qilar ekan. Ta`kidlanishicha, aksariyat avtobus, ishchilarni tashiydigan transport haydovchilari namoz o`qish uchun serqatnov yo`l chetiga to`xtashadi va YTH sodir bo`lish xavfi kuchayadi.
Yo`l polisiyasi vakillari haydovchilarni yo`l yoqasida emas, balki avtoyoqilg`i quyish bekatlaridagi namozxonalarda, masjidlarda namoz o`qish kerakligi haqida ogohlantirmoqda.






