AsosiyDunyo

Internet orqali samolyot xarid qilmoqchi bo`lgan erkak firibgarlik qurboniga aylandi

'Internet orqali samolyot xarid qilmoqchi bo`lgan erkak firibgarlik qurboniga aylandi'ning rasmi

Internet orqali samolyot xarid qilmoqchi bo`lgan Rossiyaning Irkutsk viloyati Bratsk shahrida yashovchi erkak firibgarlarning tuzog`iga ilindi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Sotuvchi erkak internet orqali samolyot sotib olish uchun oldindan 100 ming rubl to`lash lozimligini bildirgan. Shundan keyin aeroplan uchun zarur bo`lgan hujjatlarni rasmiylashtirishi mumkinligini ma`lum qilgan va yana qo`shimcha ravishda 100 ming rubl to`lashni so`ragan. Yuqoridagi mablag`ni to`lagan erkak samolyotini olib ketish uchun Sankt-Peterburg shahriga kelganda, uni hech kim kutib olmagan.

Polisiyaning aniqlashicha, sotuvchi haqiqatan ham Sankt-Peterburg shahridan turib xaridor bilan muzokara olib borgan. Hozirda xaridor pul o`tkazgan hisob raqami, uni kim olgani yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar