Buyuk Britaniyalik patologoanatom bir jasadning miyasini ikkinchisining qornida qoldirdi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.
2014-2016 yillarda Buyuk Britaniyada patologoanatomlarning o`z ishiga sovuqqonligi tufayli 300 ga yaqin bunday ko`ngilsiz hodisa yuz berdi.
13 marotaba o`likxona xodimlari jasad uyiga berib yuborilgandan keyin jasad yorilganda qolib ketgan tana a`zolarini topishdi. 36 marotaba jasadlar almashtirib yuborilgan. 89 marotaba tasodifan jasadlarga ziyon etkazilgan. Buyuk Britaniya o`likxonalariga bir yilda o`rta hisobda 330 ming jasad keltirilgani bois yuqoridagi ko`rsatkichlar ular uchun juda katta xato hisoblanmaydi.






