AsosiyDunyo

AQSh 5 ta davlatning urushga tayyorgarligini bilish maqsadida infratuzilmalarini o`rgandi

'AQSh  5 ta davlatning urushga tayyorgarligini bilish maqsadida infratuzilmalarini o`rgandi'ning rasmi

AQSh mudofaa logistika agentligi beshta Evropa davlati — Belorus, Ukraina, Moldaviya, Finlyandiya va Polshalarning urush sharoitiga tayyorgarligini bilish maqsadida, ularning infratuzilmasini o`rganmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti agentligi.

AQShni shuningdek, Sharqiy-Evropa davlatlaridagi transport infratuzilmasi - portlar, temiryo`l va avtomobil yo`llari, aeroportlar, ko`priklar haqidagi ma`lumotlar qiziqtirmoqda.

Pentagonga bu tadqiqot ushbu mamlakatlarda turli tovarlarni etkazib berish zanjiri va logistik tarmoqlari haqida tushunchaga ega bo`lish uchun zarur. Ta`kidlanishicha, Petagon shunga qarab o`z sanoatini urush davrida va favqulodda vaziyatlar sharoitida ishlashga tayyorlashni ko`zda tutgan.

Yakuniy hisobotlardan: mahalliy va regional suv va oziq-ovqat manbalari, yoqilg`i, medikamentlar, sanoat uskunalari va kiyim-kechalarga haqida ma`lumotlar kiritilishi lozim.

Pentagonni shuningdek, qurilish materiallari va texnikalar haqida ham ma`lumotlar qiziqtirmoqda. Yuqorida sanab o`tilganlardan tashqari, bayonotlarda mahalliy ishlab-chiqarish quvvatlari va mobillashtirish imkoniyatlari haqida ham aytib o`tilishi zarur.

    Boshqa yangiliklar