AsosiyDunyo

Xonanda Shakira Ispaniyaga soliq to`lashdan bosh tortganlikda gumonlanmoqda

'Xonanda Shakira Ispaniyaga soliq to`lashdan bosh tortganlikda gumonlanmoqda'ning rasmi

Kolumbiyalik xonanda Shakira ispan soliq xizmati tomonidan 2011-2014 yillar mobaynida soliq to`lamaganlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

La Razon nashrining xabar berishicha, 2011-2014 yillar mobaynidada xonanda Shakira Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Jerar Pik bilan yashagan. U mamlakatning soliq rezidenti bo`lmagan holda, daromad solig`ini to`lamagan. U Ispaniya qonun-qoidalariga binoan mamlakatda yashagan paytida daromad solig`ini to`lashi lozim bo`lgan.
Ispaniyada soliq to`lamaganlik uchun turli firibgarlikni amalga oshirgan odamlarga nisbatan katta miqdorda jarima solinadi yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.

Hozircha Shakiraga qanday jazo ko`rilishi noma`lum. Ispaniya soliq xizmati tekshiruv o`tkazish uchun prokuraturaga murojaat qilgan.

40 yoshli Shakira Lotin Amerikasining eng mashhur xonandalaridan biri hisoblanadi. U ispan va ingliz tillarida kuylaydi. Besh marotaba MTV Video Music Awards, ikki maroataba “Gremmi”, etti marotaba Billboard Music Awards mukofotlariga sazovor bo`lgan. Los-Anjelesda joylashgan xiyobonda o`z yulduziga ega. Dunyo bo`yicha Shakiraning 70 milliondan ortiq albomi sotilgan.

    Boshqa yangiliklar