AsosiyJamiyat

Aqto`beda yongan avtobusning egasida yo`lovchi tashish uchun lisenziya bo`lmagan

' Aqto`beda yongan avtobusning egasida yo`lovchi tashish uchun lisenziya bo`lmagan'ning rasmi

Payshanba kuni ertalab Qozog`istonning Aqto`be viloyatida ro`y bergan fojia oqibatida yonib ketgan va 52 kishining o`limiga sabab bo`lgan avtobusning egasi yo`lovchi tashish uchun lisenziyaga ega bo`lmagan.

Bugun ertalab qo`shni Qozog`iston Respublikasi Aqto`be viloyatining Irg`iz tumanidan o`tuvchi Samara – Chimkent avtomobil yo`lining 1068-kilometrida ichida 57 kishi, jumladan, 2 nafar haydovchi bo`lgan avtobus alanga iskanjasida qoldi. Qozog`iston hukumati vakillarining ma`lumotlariga ko`ra, yong`in tufayli 52 kishi halok bo`lgan, besh kishi — ikki nafar haydovchi va uch yo`lovchi qutilib qolgan, ular o`rtacha og`irlikdagi kuyish bilan jarohatlanishgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yo`lovchilar o`zbekistonlik, haydovchilar qozog`istonlik bo`lishgan.

«Avtobus: Kassbohrer Setra X335RSM. Egasi: Mextiev Orduxan Sabirogli. Ishlab chiqarilgan yili: 1989 yil. Sig`imi: 59 kishi. Muntazam qatnovlar ro`yxatida: mavjud emas. Muntazam bo`lmagan yo`lovchi tashish uchun lisenziyasi (ijara shartnomasi bo`yicha ishlashga ruxsat nazarda tutilmoqda): yo`q», — deyiladi idoraning xabarida.

Idoraning ma`lumotiga ko`ra, avtobus majburiy texnik ko`rikdan 2015 yilning 17 avgustida o`tgan va uning muddati 2016 yilning 17 fevralida tugagan.

Boshqa yangiliklar