AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov Vashingtonda Tomas Shennon bilan uchrashdi

'Abdulaziz Komilov Vashingtonda Tomas Shennon bilan uchrashdi'ning rasmi

TIV axborot xizmatining xabar berishicha, Vashington shahrida O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va AQSh prezidenti Donald Trampning 2017 yil 19 dekabrdagi telefon orqali batafsil muloqoti davomida ma`lum qilingan maqsadlarni amaliy joriy etish doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O`zbekiston-AQSh muloqotini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibning boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar