AsosiyJamiyat

Gaz va elektr hisoblagichni o`rnatish, tekshirish davlat hisobidan amalga oshiriladi

'Gaz va elektr hisoblagichni o`rnatish, tekshirish davlat hisobidan amalga oshiriladi'ning rasmi

O`zbekistonda elektr energiya va tabiiy gazdan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi. O`tgan haftada ushbu masala bo`yicha hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, yangi qoidalarga ko`ra, elektr energiya va tabiiy gaz zamonaviy hisoblagichlarini sotib olish, o`rnatish, ro`yxatga olish, belgilangan tartibda davlat tekshiruvini amalga oshirish va muhrlash hududiy elektr tarmoq va tabiiy gaz ta`minot korxonalari hisobidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, ushbu hujjatda elektr energiya va tabiiy gaz hisoblagichlarini o`z vaqtida va sifatli tekshirishni tashkil etishga javobgarlik aholiga emas, balki hududiy elektr tarmoq va tabiiy gaz ta`minot korxonalariga yuklatilganligi aniq belgilab qo`yildi.

O`zbekiston kelgusi bir necha yillar davomida Osiyo, Butunjahon va Islom taraqqiyot banklari kreditlari hisobiga respublika bo`ylab qariyb 6 million dona elektr energiya hisoblagich o`rnatish, shuningdek, yagona billing va foydalanuvchilar bazasini joriy etish rejalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 800 million dollarni tashkil etadi.

Gaz taqsimlash tarmog`ida ham bunga o`xshash tizimni tatbiq etish 800-900 million dollar atrofida baholanmoqda. Respublika bo`ylab 3 milliondan ortiq hisoblagichlarni o`rnatish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalar bo`yicha hamkorlar sifatida 3 ta — Sagemcom (Fransiya), Landis & Gyr (Shveysariya) va Elster Metronica (Germaniya) kompaniyalari ko`rib chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar