Adliya vazirligi hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 8 yanvar kuni tomoshabinlar e`tiboriga havola etilgan ijtimoiy videorolik —«Qonun doim biz bilan!» katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Qonun ustuvorligini aks ettiruvchi mazkur rolik Yosh kinoijodkorlar kengashi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan ishlangan. Ushbu ijodiy ish ko`plab milliy hamda xorijiy ommabop saytlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng va tez tarqaldi.
E`tiborlisi, rolikni global tarmoqda tomosha qilish, unga fikr bildirish jarayoni davom etmoqda.
Atigi 3 kunda rolikni internetda yarim million foydalanuvchi tomosha qildi. Videorolik O`zbekiston telekanallarda ham namoyish etilmoqda.






