AsosiyJamiyat

UZINFOCOM MARKAZIGA RAHBAR TAYINLANDI

'UZINFOCOM MARKAZIGA RAHBAR TAYINLANDI'ning rasmi

Ulug`bek Tagaliev UzInfocom markazi direktorining birinchi o`rinbosari va direktor vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Infocom.uz ma`lumotiga ko`ra, Tagaliev 2017 yilning dekabr oyida ushbu lavozimga tayinlangan.

Ulug`bek Tagaliev (1967 y.t.) 1984 - 1991 yillarda Toshkent elektrotexnika institutida «Radioaloqa, radioko`rsatuv va televidenie muhandisi» mutaxassisligi bo`yicha taxsil olgan. 1995 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining aspiranturasini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi.

Bunga qadar Tagaliev EcoSol Lab MChJda faoliyat ko`rsatgan.

    Boshqa yangiliklar