AsosiyJamiyat

KOMPANIYaLARDA INNOVASION G`OYaLARNI JAMLAShNING UCh ShARTI

'KOMPANIYaLARDA INNOVASION G`OYaLARNI JAMLAShNING UCh ShARTI'ning rasmi

2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” deb e`lon qilindi, deb yozadi Kommersant.uz.

sherzodSherzod Jalilov – Volvo Group korporasiyasi moliyaviy mutaxassisi, Toshkent Moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti va Vroslav Davlat universiteti (Polsha) magistraturasi iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi.

Innovasion g`oyalar o`zgacha fikrlash (thinking out of the box), o`zgarishlarga moslashishga intiladigan emas, balki o`zgarishlarni izlaydigan tafakkur qobiliyati mavjud jamoalarda to`planadi. Xalqaro bozorni zabt etib, o`yin qoidalarini o`zgartirishga harakat qiluvchi har qanday kompaniya o`z innovatorlik qobiliyatiga alohida e`tibor beradi. Misol uchun, Volvo Group korporasiyasi bunday g`oyalarning asosiy manbai – bu insonlar ekaniga ishonadi va shu sababli kapitalining salmoqli qismini xodimlarining rivojlanishiga va noyob korporativ madaniyatni yaratishga sarflaydi. Menimcha, bu yo`nalishga e`tiborning sustligi kompaniya oqim bo`yicha ketishiga va bozor qonunlariga qaram bo`lib qolishiga olib keladi.

O`zbekistondagi yirik kompaniyalarga kelsak, mening fikrimcha, innovasion g`oyalar yaratish madaniyatini takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim.

divider 01

Ta`lim va malaka oshirish bo`yicha bo`lim yoki yo`nalishni tashkil qilish

Xodimlarni o`qitish – kelajakka dadil qarash demakdir. Ko`nikmalarning muntazam yangilanishi kadrlar aqliy salohiyatining o`sishiga va kelajakka dadil qarovchi sadoqatli jamoa yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Volvo Group kompaniyasida bu bilan Volvo Group University shug`ullanadi. Ushbu universitet kompaniya tomonidan xodimlarni muntazam ravishda yangi bilimlar bilan ta`minlash uchun tashkil etilgan.

vovlve
Bundan tashqari, globallashuv sharoitida kompaniyalar uchun faoliyat chegarasini kengaytirish va mamlakatdan tashqariga chiqish nihoyatda muhim. Xorijiy bozorga chiqish boshqa mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati madaniyatini hamda urf-odatlar va an`analarni to`liq bilish va tushunishni anglatadi. Masalan, Hindistonda an`analar biznes yuritishga singib ketgan va madaniyat to`liq tushunilmaganda, ikki tomonlama munosabatlarga ta`sir ko`rsatishi mumkin. Shunday ekan, taklif etilayotgan bo`lim funksiyalaridan biri korxona xodimlariga sherik-mamlakatlar vakillarining madaniyati va fikr yuritish tarzini tanishtirish bo`lishi kerak.

Miyaga rivojlanish zarurligini unutmaylik. Agar uni yangi bilimlar bilan oziqlantirmasak, u kuchdan qola boshlaydi. Bu esa kompaniyaga ham, xodimlarning o`ziga ham zarardir.divider 02

Research and Development sohasida etakchi xorijiy universitetlar bilan aloqalarni o`rnatish

Innovasion mahsulot ishlab chiqarishda kompaniya faqat o`z ichki tadqiqotlariga tayana olmaydi. Evropa va AQSh universitetlari keng ko`lamda izlanishlar olib boradilar va ilm-fan hamda texnologiyalar sohasidagi so`nggi yutuqlardan foydalanadilar. Bu universitetlar tadqiqotchi-olimlari va hatto talabalari ham, mahsulot sifatini takomillashtirish tajribasi, shuningdek muammolarni hal etishning yangi ilmiy yondashuvlari bilan o`rtoqlashishlari mumkin. Yaqqol misol – Hyperloop One kompaniyasi. Yuqori tezlikdagi poezd kapsulasi talabalar tomonidan yaratilgan.

h1_image_3

divider 03

Menejment va mutaxassislar o`rtasidagi lavozimlar masofasini qisqartirish

Muloqot – g`oyalar ishlab chiqishning bosh belgisidir. Fikrimcha, kompaniyalar menejerlari personal bilan ochiq muloqot muhitini yaratishlari kerak. Axir hozirda mavjud “boshliq–xizmatchi” konsepsiyasi faqat bir tomon g`oyalar berishi, boshqa tomon ularni bajarishini qo`llab-quvvatlaydi. Ochiq dialog esa, boshqaruv personaliga muammoga turli tomonlardan nazar solish va mulohazali qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bunday boshqaruvga SpaceX misol bo`la oladi. Hammaga mashhur CEO Ilon Maskni qo`lida otvertka bilan, muhandislar ko`magida yangi raketa detallarini yig`ish ustida uchratish mumkin.

Yuqorida keltirilgan tamoyillar asosida noyob korporativ madaniyatni yaratish kompaniyalarga rivojlanishning yangi bosqichiga chiqish va innovasion maqsadlarni hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar