AQShning Nyu-York shahri markazida joylashgan “Dolgoletie” markazida o`zbekistonlik mashhur ijodiy jamoaning ilk konserti bo`lib o`tdi, deb yozdi Kultura.uz nashri.
Nyu-Yorklik tomoshabinlarga “Yalla” ansamblining eng sara dasturi taqdim etildi. Gastrol munosabati bilan Farrux Zokirov Nyu-Yorkning “Buxarian tayms” nashri jurnalistiga intervyu berdi. Bu uning 20 yil mobaynida AQShga qilgan ilk gastrol safari bo`ldi. Quyida intervyudan parcha beramiz.
“ – Mazkur safar sizning yubileyingiz bilan bog`liq emas, chunki o`tgan yili 70 yoshingizni nishonladingiz...
– Biroq men uchun muhim bo`lgan yana bir yubiley bo`lib o`tdi. Nyu-York shahrida sevimli va yagona Luiza opam aynan shu erda yashaydi. 7 yanvar kuni u 80 yoshga to`ldi. Men uni sahnadan turib tabriklashni, opam uchun yurtimizda mashhur bo`lgan “Sen bo`lmasang yonimda...” qo`shig`ini ijro etishni xohlagan edim.
Oqshomda yangi qo`shiqlar bir qatorda O`zbekistonda xit bo`lgan qo`shiqlar ham ijro etildi. Biz qaerda sahnaga chiqishimizdan qat`i nazar zaldagilar “Uchquduq!”, “Majnuntol”, “Shaxrisabz” yoki “Choyxoan” deb xitob qilishadi. Har bir konsert o`ziga xos bo`lib, avvalgisini takrorlamaydi. Amerikada yurtoshlarimiz ko`p, qishning sovuq kunlarida ularning qalbini ilitish maqsadida mamlkatingizga tashrif buyurdik”.






