Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 14 noyabrdagi “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori muvofiq tashkil etilgan mazkur markaz zamonaviy texnologiyalar va kreativ yondashuvlardan foydalangan holda axborot-tahliliy media materiallarni tayyorlaydi.
Bu erda audio va videoroliklar, teleko`rsatuv va radio eshittirishlar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlar tayyorlanib, efirga, shuningdek internet tarmog`iga uzatiladi.
Efirga uzatish va yoki tarqatish uchun tayyorlangan har bir media materialning dolzarbligi, huquqiy jarayonlar va davr talabiga mosligi hamda yuqori saviyada bo`lishi talab etiladi.
Multimedia markazi haqidagi batafsil ma`lumotlar saytimizda e`lon qilinadi.






