AsosiyJamiyat

TURKMANISTON YaNGI YILDA TURIZM UChUN MAQBUL YO`NALISh DEB E`LON QILINDI

'TURKMANISTON YaNGI YILDA TURIZM UChUN MAQBUL YO`NALISh DEB E`LON QILINDI'ning rasmi

Italiyaning «Rai Tre» telekanali tomonidan o`tkazilgan so`rovnomaga ko`ra, Turkmaniston 2018 yil uchun eng maqbul yo`nalish dekb topildi. Turkmanistonning mamlakatimizdagi elchixonasidan Darakchi.uzga ma`lum qilishlaricha, ushbu so`rovda dunyoning turli qit`alariga sayohat qilgan turistlarning va teletomoshabinlarning fikrlari o`rganilgan.

Darhaqiqat, Turkmanistonning tarixiy obidalari o`tmish bilan qiziquvchi sayyohlarning diqqatini o`ziga tortishi tabiiy. Jumladan qadimiy Oltin-tepa shahri o`zining tosh obidalari bilan “Turkmanistondagi Stounxendj” nomini olgan. Bu qadimiy shahar Bronza davrida – eramizdan avvalgi 2300-1900 yillarda bunyod etilgan. Bu erda turistlar qadimgi Elam va Shumer mixxat bitiklarini eslatuvchi bitiklar bilan tanishilari mumkin.

Sayyohlarda ko`hna Parfiya qadimiy shaharlari, xususan uning madaniy poytaxti bo`lgan Nisa shahri katta qiziqish uyg`otadi. Buyuk Marg`iyona shahar va qal`alari ham turistlarni befarq qoldirmaydi. Tarixda aynan shu hududda yunonlar va rimliklar xitoyliklar bilan to`qnashishgan.

Shuningdek, Turkmanistonning sharqida o`rta asrlarga oid juda ko`p yodgorliklar uchraydi. El Arslon, Tekesh, To`rabek xonim, Ostona bobo maqbaralari, Qutlug` Temur minorasi sayyohlarni xayolan olis o`tmishga etaklaydi.

Darvoqe, o`tgan yilning dekabr oyida Turkmanistonda Buyuk ipak yo`li bo`ylab joylashgan yodgorliklar bo`yicha ilmiy tekshirish va arxeologik tadqiqotlarni olib borish, madaniy merosni keng targ`ib etish bo`yicha Davlat dasturi qabul qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar