AsosiyJamiyat

SAMARQANDDA SAYYoHLAR UChUN YaNGI AVTOBUS IShLAB ChIQARILADI (FOTO)

'SAMARQANDDA SAYYoHLAR UChUN YaNGI AVTOBUS IShLAB ChIQARILADI (FOTO)'ning rasmi

Samarqand avtomobil zavodida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda “O`zavtosanoat” Aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun mo`ljallangan shahar ichki sayyohlik yo`nalishlariga mo`ljallangan SAZ HD 50 rusumli avtobuslar ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yildi.

Mazkur transport sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega bo`lib, xavfsizlik nuqtai nazaridan mukammal ishlangan. Avtobusda kondisioner, televizor, Wi-Fi, mikrofon, audiotizim va ovoz karnaylari mavjud. Har bir o`rindiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan. Bu avtobusda sayyohlar xordiq chiqarib, sayr qilishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Avtobusda videokamera ham o`rnatilgan bo`lib, u sayyohlar xavfsizligi uchun xizmat qiladi.

Avtobusning umumiy yo`lovchi sig`imdorligi 44 kishini tashkil qiladi. O`rindiqlar soni 29 ta. Uning to`liq massasi 9,5 tonnani, maksimal tezligi 80 km/soatni tashkil qiladi.

Avtobus 2

Avtobus 3

Avtobus 4

Avtobus 5

Avtobus 6

Avtobus 9

    Boshqa yangiliklar