AsosiyJamiyat

QIBRAYDA BOLALAR TAGLIKLARI IShLAB ChIQARISh ZAVODI YoNIB KETDI (VIDEO)

'QIBRAYDA BOLALAR TAGLIKLARI IShLAB ChIQARISh ZAVODI YoNIB KETDI (VIDEO)'ning rasmi

4 yanvar tong soat 6da Qibray tumani, Baytkurgan poselkasida jolashgan bolalar tagliklari ishlab chiqarish zavodida kuchli yong`in sodir bo`ldi. Ushbu hodisa tasvirga olingan videolavhalar tez orada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.

Toshkent viloyati Yong`in xavfsizligi boshqarmasi ma`lumotiga asosan, ushbu korxona «SOF GIGIENIK» kompaniyasiga tegishli bo`lib Jonny Baby sado markasi ostida bir martali bolalar tagliklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo`lgan. Yong`in haqidagi xabar soat 06:27 da qabul qilingan. O`n to`rtta o`t o`chirish brigadalari 2-3 daqiqa ichida etib kelgan.

Xabarda aytilishiga ko`ra, yong`in 700 kv.m maydonni chulg`ab olgan. Baxtsiz hodisa oqibatida korxonaning devorlari, tomi, asbob-uskunalari yonib ketgan. Baxtli tasodif tufayli ishchilardan hech kim jabrlanmagan.

Ayni damda maxsus tashkil qilingan guruh yong`in kelib chiqish sabablarini o`rganmoqda.



Boshqa yangiliklar